#Xalqaro_hamkorlik
🏛 Termiz davlat pedagogika institutida nufuzli test markazi — Edu-Action rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut rektori A. Xasanov, institut xodimlari, shuningdek Edu-Action test markazi direktori A. Akhrorkhodjayev hamda direktor o‘rinbosari I. Tokhirov ishtirok etdilar.
Muloqot davomida institutda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, xususan, Cambridge xalqaro imtihonlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish borasida fikr almashdilar.
🤝 Muzokaralar yakunida Termiz davlat pedagogika instituti va Edu-Action test markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
TerDPI matbuot xizmati
Facebook* Veb sayt Youtube Instagram* Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram