avatar
Doniyor Nasriddinov
@Doniyor_Nasriddinov
27.12.2025 20:56
Allohning fazli va marhamati bilan 2025-yilga qo‘ygan maqsadlarimning 87%iga erishdim.

Yil boshida sport, ish, oila, shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha maqsadlar qo'ygan edim. Bulardan Ironman’ni to‘liq yakunladim, maktabimiz bitiruvchilari 100% talaba bo‘ldi, yangi filial ochildi, Murabbiy akademiyasini yo‘lga qo‘ydik, oilaviy sayohatlar qildik, YouTube’dagi “Sarchashma” loyihasini boshladik va hokazo.

Avvalo bular Allohning yordami, so‘ngra to‘g‘ri qo‘yilgan maqsad va aniq ishlaydigan mexanizm mevasi.

Maqsad qo‘yish, unga yurish yoki yo‘lda chalg‘ish barchasi miyadagi bitta neyron zanjir bilan bog‘liq. Shu mexanizmni tushungan kishi ichki bloklarini yechadi va maqsadlariga yetadi.

“Sarchashma” loyihasining 5-sonida men aynan shu mexanizm orqali 2025-yilgi maqsadlarimning 87%iga qanday erishganimni ilmiy asoslar bilan tushuntirdim.

Agar 2026-yilni eng samarali va mazmunli o‘tkazishni istasangiz — videoni tomosha qiling.

🤫 Video oxirida sizga yillik strategiyani tuzish bo'yicha BEPUL qo'llanma taqdim qilamiz.

Videoni hoziroq tomosha qiling:
https://youtu.be/pSafCqY7eH8?si=sZlJB5YnVPQHjzYE

@Doniyor_Nasriddinov
🔥 150
96
👍 53
🤩 4
😱 1
🎉 1
122 176 16.7K

Обсуждение 122

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Doniyor Nasriddinov

13.3K
🏃‍♂️ Ironman & Oceanman | 🧬 Tabiiy fanlar eksperti
@Colba_maktabi | @COLBA_Talim_Markazi | @Murabbiy_akademiyasi asosichisi
Bu yerda hayotiy xulosalalarim va shaxsiy rivojlanishga oid fiklarimni ulashib boraman.

🌐 https://doniyornasriddinov.uz
Открыть в Telegram