#tezkor_tadbir
Tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dorilar fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘linmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida
qonunbuzarlik holati aniqlandi.
Xususan, “Farg‘ona–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtotransport vositasi poytaxtga kirish qismida joylashgan “Sharq” YPX maskanida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaroga tegishli qo‘l yuklari orasida 102 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi, shuningdek 3 ta o‘ramga joylangan, jami 168 dona kapsuladan iborat “Regapen 300 mg” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
Web-sayt |
Telegram |
Instagram* |
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram