�
Mehri daryo, qadrli ustozlar!
Siz azizlarni, mamlakatimizda ezgulik, ilm-ma’rifat va tarbiyaning timsoli bo‘lgan muqaddas kasb egalarini, O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning fidokorona mehnatingiz, yoshlarga ilm o‘rgatish yo‘lida qilayotgan sabr-toqatli va metin sa’y-harakatlaringiz Vatanimiz kelajagining poydevorini yaratmoqda. Aynan sizlarning
sabog‘ingiz, ibratli hayotingiz tufayli yurtimizda yetuk kadrlar, fidoyi mutaxassislar voyaga yetmoqda.
Davlat aktivlari agentligida ham yosh kadrlarning bilim va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tizimda ustoz-shogird an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda
20 dan ortiq yosh mutaxassis mahalliy va xorijiy OTMlarda tahsil olmoqda. Ulardan
8 nafari dunyodagi TOP-500 talik nufuzli universitetlarda o‘qib, rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritmoqda, 3 nafari o‘qishni davom ettirmoqda.
Davlat aktivlari agentligi jamoasi nomidan sizlarga mustahkam
sog‘lik, tinchlik-farovonlik, oilaviy baxt va mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Har doim ehtiromda, doimo e’zozda bo‘ling!
Ustoz — muqaddas nom, Sizlarga bosh egamiz!
___________________________________
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram |
Facebook*
Instagram* |
Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram