Harbiy yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2026-yil 1-avgustdagi 2119-son murojaatiga asosan Jamoat xavfsizligi universitetining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etildi.

Test sinovlari 2026-yil 11-avgust kuni “Onlayn test” axborot tizimida axborot xavfsizligini ta’minlagan holda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovlari natijalarini shu vaqtning o‘zida bilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Jarayonda 70 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
Shuningdek, shu kunning o'zida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi majlisining 2026-yil 5-avgustdagi 67-3-son bayoni qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining 2026-yil 1-avgustdagi 40/34-1227-son murojaati asosida Akademiyaning magistraturasiga qabul test sinovlari o'tkazildi.

Ushbu imtihonda ham test sinovlari “Onlayn test” axborot tizimida o‘tkazilib, talabgorlar test sinovlari natijalarini shu vaqtning o‘zida bilib oldilar. Jarayonda 30 nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.
Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram