Diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi
2026-yil 23-iyun kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Test sinovida 625 nafar talabgor ishtirok etdi. Test sinovi topshirish tartibini buzgani uchun 2 nafar talabgor jarayondan chetlatildi. Test topshirganlardan 149 nafari belgilangan talabni bajardi.
Eslatma: xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin:
@NostrifikatsiyaBBA_bot
@NostrifikatsiyaBBA
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Facebook* |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram