Ko'chmas mulk va avtomobil sotib olayapsizmi? Yangi tartib bilan tanishing!
1-apreldan boshlab ko'chmas mulk va avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilish jarayoni o'zgardi. Endi barcha hisob-kitoblar eskrou tizimi orqali amalga oshiriladi.
Eskrou tizimi nima?
Bu xaridor va sotuvchi o'rtasidagi hisob-kitoblarni nazorat qiluvchi maxsus bank hisobvarag'i.
Jarayon qanday kechadi?
Mablag'ni muzlatish — Xaridor pulni to'g'ridan-to'g'ri sotuvchiga emas, bankdagi eskrou hisobvarag'iga o'tkazadi. Sotuvchi bitim yakunlanmaguncha bu mablag'dan foydalana olmaydi.
Notarial tasdiqlash — Notarius bank tizimi orqali mablag' mavjudligini tekshiradi va barcha shartlar bajarilgach bitimni tasdiqlaydi.
To'lovning yakunlanishi — Bitim tasdiqlangach, bank mablag'ni avtomatik ravishda sotuvchiga o'tkazadi.
Kommissiya miqdori:
— Ko'chmas mulk uchun: BHMning 50% — 206 000 so'm
— Avtotransport uchun: BHMning 25% — 103 000 so'm
*
Kommissiya xaridor tomonidan to'lanadi
E'tibor bering:
Bitim bekor qilinsa yoki amalga oshmasa, eskrou hisobidagi mablag' to'liq xaridorga qaytariladi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram