1-apreldan naqdsiz to‘lov tizimiga o‘tiladi
2026-yil 1-apreldan ayrim turdagi to‘lovlar naqd emas, balki bank kartalari va elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Bu quyidagilarga taalluqli:
Davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
Alkogol va tamaki mahsulotlari;
Transport vositalariga yoqilg‘i quyish va elektrda harakatlanadigan transport vositalarini zaryadlash bo‘yicha xizmatlar;
Qiymati 25 million so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar(Qishloq xo‘jaligi bundan mustasno);
Ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga o‘n yildan oshmagan transport vositalari savdosida faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali to‘l
ov qilinadi.
Mazkur tartib hisob-kitoblarni yanada xavfsiz va shaffofligini ta’minlash hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olishga qaratilgan.
Manba:
lex.uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram