07.02.2026 09:00
Bank xizmatlaridan to‘liq foydalanishda OneID tizimi orqali shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatni faollashtiring!

Endilikda OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni turli tashkilotlarga taqdim etish yoki cheklash funksiyasi joriy etildi:

☝️ Agar ruxsat yopiq bo‘lsa, bank mijozning pasport, soliq va daromadga oid ma’lumotlarini avtomatik tarzda ololmaydi. Natijada quyidagi xizmatlar vaqtinchalik ishlamasligi yoki sekinlashishi mumkin:

• kredit rasmiylashtirish
• karta ochish
• hisob raqam ochish
• omonat ochish
• valyuta ayirboshlash va boshqa identifikatsiya talab etiladigan xizmatlar


Mazkur muammoni bartaraf etish uchun OneID orqali ruxsatni faollashtirish tavsiya etiladi.

Buning uchun:

— Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga kiring.
— ERI (elektron raqamli imzo) yoki Mobile-ID orqali tizimga kiring.
— “Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limiga o‘ting.
— Kerakli bank yoki tashkilot qarshisidagi qulf belgisini oching (ruxsat bering).

QR-kod orqali kirish (tezkor usul):

• Telefoningizga OneID ilovasini yuklab oling.
• Mobile-ID yoki MyID orqali avtorizatsiyadan o‘ting.
• Ilovaning skanerlash funksiyasi orqali kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang (bo‘lim avtomatik faollashadi).

Ushbu mexanizm kiberxavfsizlikni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan. Shu bilan birga, bank xizmatlaridan to‘liq foydalanish uchun tegishli ruxsat ochiq bo‘lishi talab etiladi.
68
👍 10
4
😇 1
702 182.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Agrobank

61.2K
«Аgrobank» aksiyadorlik tijorat banki rasmiy telegram kanali.

📍Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi 2a-uy

🌍 https://taplink.cc/agrobankuz
📞 1216
☎️ Ishonch telefoni: 71 203 88 88
Открыть в Telegram