Agrobank omonatlari: 2025-yil yakunlari
2025-yil davomida
55 643 nafar mijoz ilk bor Agrobank omonat mahsulotlaridan foydalandi hamda
5,6 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larini bankka ishonib topshirdi. Mazkur ko‘rsatkichlar 2024-yilga nisbatan omonatchilar soni bo‘yicha
148 foizga, jalb qilingan omonatlar hajmi bo‘yicha esa
173 foizga o‘sishni qayd etdi.
Shuningdek, omonatchilar tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha bank tomonidan
2,1 trillion so‘m miqdorida foiz daromadlari to‘lab berildi. Bu Agrobank omonatlarining barqarorligi va mijozlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan izchil siyosatidan dalolat beradi.
Yilning yakuniy hisobotlariga ko‘ra, Agrobank omonatchilari umumiy soni
172 244 nafarga yetdi. Bankka joylashtirilgan jami omonatlar hajmi esa
13,3 trillion so‘mni tashkil etdi.
Birinchi omonat. Birinchi ishonch. Kelajak sari qadam.
172 244 ta tanlov uchun rahmat!
Omonatlar turlari bilan batafsil tanishing
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram