AI500! Hackathon — Final. G‘oyalar g‘alabaga aylangan lahza
AI500! — sun’iy intellekt yo‘nalishidagi eng yirik musobaqalardan biri bo‘lib, unda minglab g‘oyalar real loyihalarga aylanish uchun raqobatlashdi.
➡️ 2 500+ ishtirokchi
➡️ 1 345 ta jamoa va loyiha
Final 13-dekabr kuni Agrobank bosh ofisida bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim kunda
50 ta jamoa, 182 nafar ishtirokchi o‘z loyihalarini hakamlar hay’ati, tajribali mentorlar hamda bank vakillari oldida muvaffaqiyatli himoya qildi.
Finalda fintex yo'nalishida 21%, qishloq xo'jaligi yo'nalishida 18%, medtexnika yo'nalishida 14%, shuningdek, ekologiya va biznes yo'nalishlari hamda ish samaradorligini oshirish bo'yicha bir qanchalar loyihalar qatnashdi.
AI500! bir narsani aniq ko‘rsatdi:
mamlakatda ko‘lam bor, g‘oyalar bor va ularni hayotga tatbiq etishga tayyor yoshlar bor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram