27.11.2025 08:00
Agrobank – GBM Awards 2025 g'olibi!

Agrobank xalqaro GBM Awards: Central & Eastern Europe, Central Asia and Türkiye 2025 tanlovida “Yilning eng yaxshi ESG kredit bitimi” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

GBM mukofotlari — mintaqadagi eng ilg‘or moliyaviy amaliyotlar, barqaror moliyalashtirishdagi innovatsiyalar va bank sektorining yutuqlarini e’tirof etuvchi nufuzli tanlovdir.

Mazkur sovrin Agrobankning O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va mas’uliyatli moliyalashtirishni rivojlantirish borasidagi izchil strategiyasini tasdiqlaydi.

Yashil sindikatli kredit loyihasi mamlakat bank tizimi uchun tarixiy qadam bo‘lib, innovatsion moliyaviy mexanizmlari, atrof-muhit barqarorligiga qo‘shgan ijobiy hissasi, bozordagi ahamiyati, xalqaro investorlar ishonchini oshirganligi bilan yuqori baholandi.

Agrobank keyinchalik ham yashil iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shish, ESG yo‘nalishidagi xalqaro hamkorliklarni kengaytirish va global moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlashni davom ettiradi.
👍 71
21
🔥 12
👏 4
😁 3
🤔 2
😇 1
28 40K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Agrobank

61.2K
«Аgrobank» aksiyadorlik tijorat banki rasmiy telegram kanali.

📍Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi 2a-uy

🌍 https://taplink.cc/agrobankuz
📞 1216
☎️ Ishonch telefoni: 71 203 88 88
Открыть в Telegram