Bugun qishloqning yuragi urayotgan kun.
Dalada quyosh chiqmasidan uyg‘onadigan, hovlini supurib, non yopib, bolalarini orzuga yetaklaydigan, oilasini mehr bilan isitadigan ayollar kuni.
Qishloq ayoli — sabrning, mehnatning, sadoqatning timsoli.
U yerga urug‘ sepadi, suv beradi, lekin o‘zi ham shu yerni yashnatadigan gulga o‘xshaydi.
Sizning qo‘lingizdagi non, yuragingizdagi duolar, nigohingizdagi ishonch — hayotning eng katta ne’matidir.
Bayramingiz muborak, aziz qishloq ayollari!
Hayotingizda doimo tinchlik, farovonlik va mehr bo‘lsin. Har bir kuningiz yangi umid va baxt ila boshlansin.
👍156
❤148
🏆24
🔥21
😇13
⚡9
😁8
👌7
✍3
223 88K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram