Agrobank mahalla bankirlari va agentlari uchun Xorazm viloyatida “Team Building” tadbiri tashkil etildi
4-oktabr kuni Xorazm viloyatida
«Mening bankirim — mening hamkorim» loyihasi doirasida mahalla bankirlari va agentlari ishtirokida viloyatlararo o'ninchi teambuilding tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda jami 30 nafar mahalla bankiri va 114 nafar mahalla agenti ishtirok etdi.
Mazkur teambuilding doirasida ishtirokchilar uchun yuqori malakali mutaxassislar tomonidan jamoaviy oʻyinlar, motivatsion mashgʻulotlar, tajriba almashish sessiyalari hamda amaliy treninglar o’tkazildi.
Yakunida eng faol mahalla bankirlari va agentlar alohida e’tirof etilib, ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram