�
Agrobank — “O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatadigan eng yaxshi bank”.
Xalqaro nufuzli
Global Finance (AQSh) jurnali tomonidan taqdirlanadigan
"Best SME Bank Awards" natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra,
Agrobank O‘zbekiston bo‘yicha
“Eng yaxshi SME bank” (kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida) unvoniga sazovor bo‘ldi.
Global Finance asoschisi va bosh muharriri
Jozef Giarraputo ta’kidlaganidek:
“Kichik va o‘rta korxonalar global iqtisodiy o‘sishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ayniqsa rivojlanayotgan bozorlarda ish o‘rinlari yaratish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.”
Global Finance — 1987-yilda Nyu-Yorkda (AQSh) tashkil etilgan xalqaro moliyaviy nashr bo‘lib, 190 dan ortiq mamlakatda tarqatiladi. U bank ishi, kapital bozorlari, fintech va barqaror moliya bo‘yicha tahliliy materiallarni chop etad
i.
Agrobank ushbu yo‘nalishda o‘zining mahsulotlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlovi va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi fidokorligi bilan e’tirof etildi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram