Yashnobod tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба Яшнабадского районного хокимията
@yashnobod_hokimligi
Yashnobodlik maktab o‘quvchisi Londonda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tardi: Islom Yuldashev xalqaro olimpiada g‘olibi!
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 255-sonli umumta’lim maktabining 4-“D” sinf o‘quvchisi Islom Yuldashev matematika fani bo‘yicha dunyo ta’lim olamida nufuzli hisoblangan “XPERTSTEM United Kingdom International Competition” xalqaro olimpiadasining final bosqichida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!
Joriy yilning 2–7-avgust kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli bilimlar bellashuvida dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan eng iqtidorli yosh matematiklar o‘zaro kuch sinashdilar.
Murosasiz kechgan aqliy bellashuvda yosh hamyurtimiz o‘zining yuksak bilimi, mantiqiy fikrlash salohiyati va matonati bilan barchani lol qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu ulkan muvaffaqiyat nafaqat maktab va tuman, balki butun mamlakatimiz yoshlarining jahon arenasida nechog‘lik yuqori salohiyatga ega ekanligining yorqin isbotidir.
Iqtidorli va azm-u shijoatli o‘quvchimiz Islom Yuldashevni, uning ota-onasini hamda yosh g‘olibni tarbiyalab voyaga yetkazgan fidoyi ustozlarini ushbu yuksak va tarixiy zafar bilan samimiy muborakbod etamiz!
Islomga kelajakdagi o‘qishlarida omad, yangi-yangi zafarlar va bundan ham baland marralarni zabt etishini tilab qolamiz!
***
Ученик из Яшнабадского района поднял флаг Узбекистана в Лондоне: Ислом Юлдашев — победитель международной олимпиады!
Ученик 4 «Д» класса общеобразовательной школы №255 Яшнабадского района города Ташкента Ислом Юлдашев одержал абсолютную победу в финальном этапе престижной международной олимпиады по математике «XPERTSTEM United Kingdom International Competition» и занял почетное 1-е место!
В этом престижном интеллектуальном состязании, проходившем с 2 по 7 августа текущего года в Лондоне (Великобритания), соревновались самые талантливые молодые математики из более чем 90 стран мира.
В бескомпромиссной борьбе наш юный соотечественник поразил всех своими глубокими знаниями, логическим мышлением и стойкостью, завоевав золотую медаль.
Этот грандиозный успех — яркое свидетельство высокого потенциала молодежи не только отдельной школы и района, но и всей нашей страны на мировой арене.
Искренне поздравляем нашего талантливого и целеустремленного ученика Ислома Юлдашева, его родителей и самоотверженных учителей, обучивших юного победителя, с этой высокой и исторической победой!
Желаем Ислому успехов в учебе, новых триумфов и покорения еще более высоких вершин!
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati

❤ 1
🎉 1
🏆 1
61