#kun_atamasi
BUG‘ GENERATORI NIMA VA U NIMA UCHUN ZARUR?
Bug‘ generatori reaktor qurilmasining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Bug‘ generatori bug‘ni ishlab chiqaradi hamda turbogeneratorga uzatadi, u esa o‘z navbatida bug‘ energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Bug‘ generatoriga nafaqat
energiya ishlab chiqarish, balki stansiyaning
xavfsizligi ham bog‘liq.
Atom elektr stansiyalarining bug‘ generatorlariga ishonchlilik, ishning uzluksizligi va bug‘ning berilgan parametrlarini ta’minlash bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi.
Issiqlik almashtirgich birinchi konturidagi qizdirilgan suv qaynayotgan suvga issiqlik uzatadi, hosil bo‘lgan to‘yingan bug‘ bug‘ kollektori orqali chiqib ketadi. Namlikning separatsiyasi bug‘ generatorining ichida sodir bo‘ladi. Qozon suvining zaxirasi ta’minot suvning uzluksiz berilishi orqali to‘ldirilib turiladi. Bug‘ generatori birinchi konturdagi radioaktiv issiqlik tashuvchini ikkinchi konturdagi radioaktiv bo‘lmagan bug‘ va suvdan ajratish uchun kerak.
Bug‘ generatoriga ta’minot suvi oqimi bilan birga ikkinchi konturdagi barcha iflosliklar ham tushadi. Suvning asosiy qismi qaynaydi va to‘yingan bug‘ shaklida bug‘ generatoridan chiqib ketadi, hosil bo’lgan iflosliklarning katta qismi qozon suvida qoladi, bu yerda ular bug‘lanadi va konsentratsiyalanadi. Iflosliklar puflash yordamida chiqib ketadi yoki issiqlik almashtirgich yuzasiga cho‘kindi shaklida o‘tirib qoladi.
O‘zatom | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn
“Bustlar” qoldiring
Оставляйте «бусты»
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram