avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
01.06.2026 10:10
Bu videoda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan, lekin juda muhim muammo — dvornik (oyna tozalagich) haqida gap ketadi

Vaqt o‘tishi bilan “dvornik” rezinkasi qattiqlashib, oynani yaxshi tozalamaydi, iz qoldiradi va ko‘rishni yomonlashtiradi. Videoda uni qanday to‘g‘ri tekshirish va oddiy usulda samarasini yaxshilash ko‘rsatilgan. Yomg‘irli ob-havoda xavfsiz haydash uchun “dvornik” holatiga albatta e’tibor bering.
1.3K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
29.05.2026 09:20
Videoda tor joyda to‘xtab turgan mashinada xavfsiz va oson chiqish usuli ko‘rsatilgan

Rulni qachon va qaysi
tomonga burish kerakligi aniq tushuntirilgani uchun, hatto yangi haydovchilar ham mashinaga shikastsiz chiqib olishlari mumkin.

Eslab qoling — to‘g‘ri burilish masofani tejaydi va urilish xavfini kamaytiradi.
2.3K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
28.05.2026 18:15
Bu videoda dvigatel qattiq titrashi sababi ko‘rsatilgan

Titrash sensor atrofiga moy to‘lib qolganidan kelib chiqqan. Kontakt qismi artib, yaxshilab tozalangandan keyin dvigatel ishi me’yorga kelgan. Shuning uchun ustaxonaga shoshilmasdan, avvalo shu joylarni tekshirib ko‘rish foydali.
1 2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
27.05.2026 04:35
Avtomobil shinasi tarixi sanoat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq

Ilk shinaga o‘xshash g‘oyalar XIX asr boshlarida paydo bo‘lgan bo‘lib, 1845-yilda Robert Tomson birinchi rezinali, havo bilan to‘ldiriladigan shinani ixtiro qilgan, ammo u ommalashmagan.

1888-yilda esa Jon Boyd Danlop havo bosimiga asoslangan pnevmatik shinani yaratib, uni velosipedlarda qo‘llaganidan so‘ng shina sanoati jadal rivojlana boshladi.

Avtomobillar ommalashishi bilan balonlar ham takomillashib bordi: qattiq rezina o‘rniga yumshoq, havoli shinalar, keyin esa kamerali va kamerasiz turlar paydo bo‘ldi.

XX asr o‘rtalarida radial shina yaratilishi ayniqsa muhim burilish bo‘lib, u barqarorlik, yonilg‘i tejamkorligi va xavfsizlikni oshirdi.

Bugungi kunda esa zamonaviy shinalar kompyuter modellash, yangi polimerlar va ekologik texnologiyalar asosida ishlab chiqarilib, xavfsizlik va qulaylikni eng yuqori darajaga olib chiqmoqda.
1.2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
26.05.2026 15:05
O‘zbekistonning birinchi davlat rahbari Islom Karimovning dastxati qo‘yilgan Spark avtomobili
1.8K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
26.05.2026 10:05
Amaliy imtihonda avtomobilga o‘tirgandan keyin qilinadigan eng birinchi ishlar:

O‘rindiqni o‘zingizga moslab sozlab oling.
Rul va oyoq pedallariga qulay yetib turganini tekshiring.
Orqa va yon ko‘zgularni to‘g‘ri qilib oling.
Xavfsizlik kamarini taqing.
Qo‘l tormozini tekshiring.

Agar hali haydovchilik guvohnomasini olmagan bo‘lsangiz, eslab qoling — imtihonda juda foydali bo‘ladi.
1 1.2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
26.05.2026 06:05
Dunyo bo‘yicha haydovchilar soni yildan-yilga oshib bormoqda

Bugungi kunda yer yuzida taxminan 1,4–1,5 milliard nafar insonda haydovchilik guvohnomasi mavjud. Eng ko‘p haydovchilar AQSh, Xitoy, Hindiston va Yevropa davlatlariga to‘g‘ri keladi.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda avtomobillar soni ortishi, taksi va kuryerlik xizmatlarining ko‘payishi hisobiga yosh haydovchilar ulushi ham oshib ketmoqda. Bu esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, madaniyatli haydash va xavfsizlikka bo‘lgan talabni yanada muhim qilib qo‘yadi.
1.5K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
25.05.2026 13:15
Akkumulator tanlashda quyidagi jihatlarga e’tibor berish juda muhim!

Avvalo, akkumulator avtomobilingizga mos sig‘imga (Ah) ega bo‘lishi kerak, juda kichik yoki ortiqcha katta akkumulator to‘g‘ri ishlamaydi.

Ishga tushirish toki (CCA) yuqori bo‘lsa, ayniqsa qishda mashinani oson yoqadi.

Ishlab chiqarilgan sanasi yangiroq bo‘lishi shart — uzoq saqlangan akkumulator tez o‘tiradi.


Shu qoidalarga amal qilsangiz, akkumulator uzoq xizmat qiladi va yo‘lda muammosiz yurasiz.
2 1.4K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
22.05.2026 09:40
O‘zbekistonda haydovchilik va avtotransport vositasi guvohnomalarining o‘zgarib kelgan yillari

O‘zbekiston hududida guvohnomalar yillar davomida bir necha bor yangilanib, shakl va mazmun jihatdan o‘zgarib kelgan. Arxiv ma’lumotlarga ko‘ra: 1941, 1953, 1973, 1985, 1988, 1995, 2001, 2007 va 2017-yillarda turli namunadagi haydovchilik hamda avtotransport vositasi guvohnomalari amal qilgan.

Hozirgi zamonaviy guvohnomalar xavfsizlik elementlari, elektron baza va xalqaro standartlarga mosligi bilan avvalgilaridan keskin farq qiladi.
1 2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
20.05.2026 10:45
90% o'quvchilar aynan shu savolda xato qiladi

Bu videoda ushbu savolga eng to‘g‘ri va tushunarli izoh berilgan.

Oxirigacha ko‘rib, xatolarni takrorlamang — imtihonda asqotadi!
3 2.3K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
19.05.2026 07:45
Avtomobil moylari haqida qiziqarli va foydali ma’lumot

Dvigatelni asrash, moyni to‘g‘ri tanlash va qachon almashtirish kerakligini bilib olasiz. Foydali bo‘lishi mumkin.
1 2.2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
18.05.2026 10:35
Avtomobil sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Avtomobil — katta xarid. Shoshilmasdan, quyidagi jihatlarni albatta tekshirib oling:

Hujjatlar:
Texpasport, egalik tarixi, arest yoki jarima bor-yo‘qligini aniqlang.

Kuzov holati:
Bo‘yoq farqi, zang, urilish izlari bormi — diqqat bilan ko‘zdan kechiring.

Dvigatel va uzatmalar qutisi:
G‘alati tovush, titrash yoki yog‘ oqishi bo‘lmasligi kerak.

Yurish qismi:
Osma, tormoz va rul tizimi ishonchlimi — sinov yurishi qiling.

Bosib o’tilgan masofa haqiqiyligi:
“Juda kam probeg” shubha uyg‘otishi mumkin — salon holatiga qarab solishtiring.

Elektronika:
Chiroqlar, konditsioner, oyna ko‘targichlar — hammasi ishlayaptimi tekshiring.


Eng muhimi — emotsiyaga berilmang. Agar ishonmasangiz, mutaxassisga ko‘rsatib oling.
4 2.3K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
15.05.2026 21:10
Tezlik oshgan sari ko‘rish maydoni qisqaradi!

Haydovchi qancha tez yursa, periferik (yon tomon) ko‘rish shuncha tortayadi.

Masalan:

— 40 km/soatda atrofni deyarli to‘liq ko‘ra olasiz.
— 100 km/soatda esa asosan oldingi tor yo‘l ko‘rinadi, yon tomonlardagi xavfni payqash qiyinlashadi.

Bu holat chorraha, piyodalar o‘tish joyi yoki to‘satdan chiqib qoladigan transportni kech ko‘rish xavfini oshiradi.

Tezlikni sharoitga moslang, ayniqsa shahar ichida va tunda ehtiyot bo‘ling!
2.3K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
15.05.2026 11:25
Lamborghini afsonasi juda qiziq tarixga ega

Ferruccio Lamborghini dastlab traktor ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va o‘sha paytda Ferrari avtomobilidan foydalangan.

U mashinaning muammolari haqida Enzo Ferrariga aytmoqchi bo‘lib, hamkorlik va taklif bilan murojaat qiladi. Ammo Enzo Ferrari uni jiddiy qabul qilmay, rad etadi.

Shu voqeadan keyin Ferruccio Lamborghini o‘z yo‘lini tanlab, mustaqil ravishda superkar ishlab chiqaradi va shu tariqa Lamborghini brendi dunyodagi eng mashhur va afsonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biriga aylanadi.
2.1K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
14.05.2026 12:40
Avtomobil ishlab chiqarishda kuzov sifatini tekshirish endi robotlar orqali amalga oshirilmoqda.

Ilgari bu ishlar qo‘lbola o‘lchagichlar bilan qilingan bo‘lsa, hozir KUKA robotlari yuqori aniqlikdagi sensorlar yordamida panellar orasidagi masofa va tekislikni avtomatik tarzda tekshiradi.
2.2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
13.05.2026 12:40
Agar avtomobil tablosi umuman ishlamay qolsa, uni almashtirish shart emas.

2 ming so‘m bilan hal qilish mumkin. Barcha jarayon videoda batafsil ko‘rsatilgan.
2.1K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
12.05.2026 11:15
Ko‘pchilik amaliyot imtihonida yiqilish sabablari keltirilgan video
1 2.2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
12.05.2026 04:15
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarda tez-tez tushadigan savollar va ularning tayyor javoblari shu videoda jamlangan.

Qoidalarni eslab qolish, xato qilmaslik va imtihonga ishonch bilan kirish uchun foydali qo‘llanma.
2 2.2K
avatar
Yo’l qoidasi
@umrfoydasi
11.05.2026 07:10
Qaysi qoidabuzarliklar uchun mashina jarima maydoniga olib ketiladi?
1 2.2K

Yo’l qoidasi

5.2K
Открыть в Telegram