S
Sport Time
@sportchiuzb
25.03.2026 12:13
🏃‍♂️ Sog‘lom hayot – yorqin kelajak garovi!

“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz, biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida Guliston shahar Istirohat bog‘ida ommaviy yugurish marafoni yuqori saviyada tashkil etildi.

Erta tongdan boshlangan ushbu sport tadbirida 500 nafarga yaqin umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Marafon davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlarga qarshi kurashish va jismoniy faollikni oshirish g‘oyalarini keng yoydilar.

🏆 G‘oliblari bilan tanishing:

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida (yigitlar):
🥇Odil Sanginov
🥈Og‘abek Olimjonov
🥉Behruz Husanov

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida (qizlar):
🥇Ruxshona Rayimqulova
🥈Shaxruza Abdujalilova
🥉Zebuzar Tog‘ayeva

Talabalar o‘rtasida (yigitlar):
🥇Mirjalol Mirzaqulov
🥈Yunus Bekmurodov
🥉Jamshid Mamayev

Talabalar o‘rtasida (qizlar):
🥇Xilola Ortiqboyeva
🥈Saida Tog‘ayeva
🥉Mashxura G‘aniyeva

🎁 G‘olib tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👍 2
1
🔥 1
🥰 1
240
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
S
Sport Time
@sportchiuzb
29.08.2025 12:04
😀 Sirdaryoda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining stirbol turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Guliston shahar olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 4-TIP sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining stritbol turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishib, g'oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.

Bizdan uzoqlashmang, bizni kuzatishda davom eting...

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Telegram
👍 1
🔥 1
🥰 1
533
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
S

Sport Time

126
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmatiga tegishli kanal. Siz bu yerda viloyatda sportga oid yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.
Открыть в Telegram