avatar
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
@nodavlattalim
30.03.2026 07:39
⚡️‘‘Yashil’’ texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan B2 darajali sertifikatga ega o‘quvchilar bakalavriatga 2-bosqichdan qabul qilinadi

“Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 25.03.2026-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026–2027-yillar davomida respublikaning har bir hududida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2030-yilgacha ushbu tizim orqali 10 ming nafar ekologik yo‘nalishdagi kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “yashil” texnikumlar qayta tashkil etilib, ta’lim jarayoni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlar asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga ko‘ra, “yashil” texnikumni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan B2 darajaga ega bitiruvchilar GPA natijalariga qarab universitetning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/69644/

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
1 60 39.8K

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

136.1K
— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.

Murojaat: @nodavlatbot

Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot

03.09.2022
Открыть в Telegram