avatar
korzinka.uzb
Переслано от Korzinka News
28.03.2026 19:22
“Korzinka” va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Ushbu hamkorlik muhim milliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining mantiqiy davomidir. Futbol millionlab odamlarni oʻzaro jipslashtiradi va umumiy yutuqlarga ilhomlantiradi. Mijozlarlarimiz qiziqadigan va ular uchun foydali bo‘ladigan loyihalarni yaratishda ishtirok etish bizning qadriyatimizdir. “Korzinka” uchun nafaqat terma jamoani qo‘llab-quvvatlash, balki mamlakatda sportning barcha darajalarda rivojlanishiga hissa qo‘shish ham gʻoyatda ahamiyatli. Ishonchim komilki, “Korzinka” va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi oʻrtasida yoʻlga qoʻyilayotgan hamkorlik doirasida qator qo‘shma tashabbuslarni amalga oshiramiz va har bir kishi qalbida futbolga mehr uygʻota olamiz”, - dedi "Korzinka" tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov.


Tomonlar bir qancha e’tiborga molik tashabbuslarni amalga oshirishni boshladi. Masalan, “Milliy” stadionida terma jamoa o‘yinlari davomida ko‘plab mahsulotlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan to‘rtta Korzinka Mahalla do‘koni ochildi. Bundan tashqari, viloyatlar va poytaxtdagi ba’zi do‘konlarda O‘zbekiston futbol terma jamoasining merchlari sotiladigan O‘FAning alohida xos burchaklari tashkil etiladi.

“Biz “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining futbolni rivojlantirish va uni ommalashtirishga yoʻnaltirilgan qo‘shma tashabbuslarda qatnashish istagini yuksak baholaymiz. Bugungi kunda O‘zbekistonda futbol bolalar va o‘smirlardan tortib professional futbolgacha bo‘lgan barcha jabhalarda qizgʻin rivojlanmoqda; bunday hamkorlik hamyurtlarimizning sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu yil mamlakat uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ilk bor jahon maydonida ishtirok etadi va biz yirik retail vakillaridan birining qoʻllab-quvvatlashi Oʻzbekistonda futbol rivojiga qoʻshimcha turtki berishiga ishonamiz”, - deb ta’kidladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.


Batafsil: https://korzinka.uz/news/korzinka-i-ufa-obyavili-o-strategicheskom-sotrudnichestve?id=6176

Telegram | X | LinkedIn
4 30.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

korzinka.uzb

57.4K
Канал на русском: @korzinkauz
Katalog: www.krzn.uz/katalog
Yangiliklar: @korzinkanews
Ilova: www.krzn.uz/app
IG: www.krzn.uz/insta
Aloqa: @korzinka_uzbot
781401414
Yetkazuv: @korzinkaGO
Открыть в Telegram