avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
Переслано от канала
29.05.2026 11:31
O‘zbekiston va Finlandiya raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Finlandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab uchrashuvda raqamli ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Batafsil:
https://digital.uz/oz/news/view/170719
___

Uzbekistan and Finland Discuss Expanding Cooperation in Digital Education

Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with representatives of the Finnish National Agency for Education to discuss prospects for cooperation in the field of digital education and human capital development.

During the meeting, the parties reviewed opportunities for expanding collaboration in vocational education and professional development, strengthening STEAM and inclusive education, and improving the digital competencies of computer science teachers.

In detail:
https://digital.uz/en/news/view/170719

🌐Sayt Telegram Facebook
Instagram YouTube Linkedin
🔥 2
👍 1
1 501
avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
Переслано от канала
27.05.2026 00:35
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Bu ulug‘ ayyom barchamizga mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlarini yanada mustahkamlash, oila davrasida iliqlik va tinchlikda yashash uchun zamin bo‘lsin.

Yurtimizda osoyishtalik, texnologik taraqqiyot va raqamli yutuqlar bardavom bo‘lib, har bir xonadonda fayz-u baraka hukm sursin!

🌐Sayt Telegram Facebook
Instagram YouTube Linkedin
3
🙏 3
21 1.4K
avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
Переслано от канала
26.05.2026 11:25
Women in Tech Global Awards 2026 mukofoti uchun arizalar qabuli boshlandi

🇫🇷Parij shahrida texnologiya sohasidagi ayollarning yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlangan xalqaro Women in Tech Global Awards mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir texnologiya va innovatsiyalar rivojiga hissa qo‘shayotgan ayol liderlar, tadbirkorlar, muhandislar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va siyosatchilarni birlashtiradi.

Women in Tech — dunyoning 65 ta mamlakatidagi 500 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan global hamjamiyat hisoblanadi. Bosh qarorgohi Parijda joylashgan tashkilot Fransiya prezidenti homiyligi ostida faoliyat yuritib, ta’lim, biznes, raqamli inklyuziya va xalqaro ambassadorlik yo‘nalishlarida tashabbuslarni amalga oshirmoqda.

Arizalarni 10-iyulga qadar Women in Tech Awards rasmiy sayti orqali tegishli hudud va nominatsiyani tanlagan holda topshirish mumkin. Nomzod sifatida o‘zingizni ham, boshqa ishtirokchilarni ham ko‘rsatish mumkin.

G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlanadi:

– Yosh iste’dod egasi mukofoti (Aspiring Teen Award)
– Eng yaxshi hamkor mukofoti (Best Ally Award)
– Eng katta ta’sirga ega tashabbus mukofoti (Most Impactful Initiative Award)
– Web3 sohasidagi ayol mukofoti (Woman in Web3 Award)
– Eng innovatsion loyiha mukofoti (Most Disruptive Award)
– Startap mukofoti (Start-Up Award)
– Texnologik diplomatiya mukofoti (Tech Diplomacy Award)
– Global liderlik mukofoti (Global Leadership Award)
– Umrboqiy yutuqlar mukofoti (Lifetime Achievement Award)
– Faxriy mukofot (Honorary Award)


Mukofot 7 ta mintaqaviy bosqichni qamrab oladi: Lotin Amerikasi, Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Afrika hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi.

Mintaqaviy bosqich g‘oliblari jahon miqyosida o‘z hududini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 2025-yilda mukofot finalida dunyoning 52 ta davlatidan 65 nafar ishtirokchi qatnashgan.

Kavkaz va Markaziy Osiyo vakillari Regional Awards mukofoti uchun ariza topshirishda Caucasus and Central Asia hududi hamda tegishli nominatsiyani tanlashi lozim. Joriy yilda Women in Tech CCA Awards taqdirlash marosimi Olmaota shahrida o‘tkaziladi.

Women in Tech Global Awards mukofotiga ariza topshiring va o‘z hikoyangizni butun dunyoga so‘zlab bering!

Ariza berish

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
❤‍🔥 2
1
64 4.6K
avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
Переслано от канала
26.05.2026 06:53
Umummilliy AI Hackathon - Andijon bosqichi startiga oz qoldi!

3–6 iyun kunlari Andijon shahrida "Umummilliy AI Hackathon"ning navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi.

Jamoangiz bilan birgalikda haqiqiy hayotiy muammolarga AI-yechimlar topish, mentorlar ko'magida ishlash va ekspertlar oldida loyihangizni taqdim etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

Andijon bosqichi treklari:

Sog'liqni saqlash
Ta'lim
Tadbirkorlik
Sud tizimi


Ishtirok etish shartlari:
- Har bir ishtirokchi yakka tardibda ro'yhatdan o'tishi;
- Faqat arizasi tasdiqlangan ishtirokchilar qatnashishi mumkin;
- 16 yosh va undan yuqori, pasport yoki ID-kartaga ega;
- Faqatgina Andijon viloyatida yashovchi yoshlar uchun ochiq.

Eng yaxshi loyihalar keyingi bosqichlarda rivojlantiriladi.
Manzil: Andijon shahri "Digital Hub" binosi.
Ro'yxatdan o'tish 31 maygacha quyidagi havola sayt orqali: ai-hackathon.uz
Batafsil ma’lumot va ro'yhat: https://eventflow.uz/uz/events/national-ai-hackathon-andizhan

🌐Sayt Telegram Facebook
Instagram YouTube Linkedin
3 897
avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
Переслано от канала
26.05.2026 04:09
Qayerga ishga kirsam mendan AT sertifikat soʻralyapti — Muhammadqodir Alijonov

Qahramonimiz Muhammadqodir 23 yoshda boʻlib, hozirda Fido-Biznes kompaniyasida faoliyat olib bormoqda. U 3 oyda Oracle Database PL/SQL Developer sertifikatini qo‘lga kiritib, OCA va OCP bosqichlarini ham muvaffaqiyatli topshirgan.

Muhammadqodir xalqaro AT sertifikat olish uchun ketgan xarajatlarining OCA uchun 40%, OCP uchun 60% gacha qismini my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib, kompensatsiya qilib olgan.

“Ish joyimda sertifikatlarim yuqori baholanib, OCA uchun 250$, OCP uchun 500$ miqdorida pul mukofoti oldim. Bundan tashqari, oylik daromadim oshdi va lavozimim ko‘tarildi. Sertifikat hayotimda juda katta burilish yasadi”, - deydi yosh dasturchi.

Siz ham it-istedod.uz saytida koʻrsatilgan xalqaro darajadagi AT sertifikatini qoʻlga kriting va sertifikat olish uchun ketgan xarajatingizni kompensatsiya qilib oling!

🌐Sayt Telegram Facebook
Instagram YouTube Linkedin
👍 5
3
2
🔥 1
😍 1
36 1.1K
avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
@digitaleduchat
25.05.2026 11:58
👍 1
avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
@digitaleduchat
25.05.2026 11:46
Assalom aleykum. Aileaders.uz saytida ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganimizda, bu pasportga akkao'nt ochilgan deb yozdi. Parolni unutdimga bosganimizda bizga nomalum bo'lgan elektron pochtaga link yuborayapti, akkao'ntga kirishda yordam bering
1
avatar
EDU.DIGITAL (muhokama)
Переслано от канала
25.05.2026 04:24
“INFOTEACH – 2026” doirasida Xorazmda 500 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi

Urganch shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun “INFOTEACH – 2026” respublika forumi tashkil etildi.

Forumda tajribali mentorlar tomonidan:
emoji Informatika darslarida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish;
emoji Zamonaviy dasturlash muhitlari va Python asoslari;
emoji Kiberxavfsizlik va raqamli mas’uliyat;
emoji Loyiha asosida o‘qitish (PBL) metodikasi kabi mavzularda amaliy treninglar boʻlib oʻtdi.


Qolaversa, forum davomida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

Maʼlumot uchun, “INFOTEACH – 2026” respublika forumi hozirgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlarida tashkil etildi.

Forum 2026-yil davomida respublikaning barcha hududlarida boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.

🌐Sayt Telegram Facebook
Instagram YouTube Linkedin
👍 4
1
🤩 1
4 891