avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 19:24
Rekord: 230 kishi birgina rezina qayiqda La Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tdi

Odam kontrabandachilari qayiqqa me’yordan juda ko‘p odam joylashtirdi. 15 metrli shishiriladigan qayiqda navbatdagi fojia sodir bo‘lishi ehtimoli juda yuqori edi.

Batafsil — https://daryo.uz/tQRtGwyvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
1 60
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 18:21
Xitoydan Yevropaga 3 kunda: Qozog‘iston 35 mlrd dollarlik yangi marshrutni ishga tushirmoqda

Qo‘shni mamlakat Beyneu—Saksaul avtomobil yo‘li qurilishini boshladi. Yangi loyiha Yevrosiyo bo‘ylab yuk tashish masofasini 1000 kilometrga, yetkazib berish vaqtini esa uch kungacha qisqartirishga imkon beradi.

Batafsil — https://daryo.uz/TixEzQyvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
1
1 76
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 17:11
Germaniyada NUJlar haqidagi xabarlar rekord miqdorda ko‘paydi

G‘ayritabiiy osmon hodisalarini o‘rganish markaziga har kuni uchtadan oltitagacha yangi xabar kelib tushmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/frkAgQsDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
1
1 83
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 16:35
AQSH dunyo bo‘ylab beshta konsulligini yopadi

Xarajatlarni qisqartirish uchun amalga oshirilayotgan bu qaror tanqidchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi. Vujudga keladigan diplomatik bo‘shliqni darhol Xitoy egallashi haqida xavotirlar bor.

Batafsil — https://daryo.uz/l6js98svg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
🔥 1
1 90
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 14:35
Nyu Yorkda raqsga tushib bergan haydovchilarga yonilg‘i uchun chegirma beriladi (video)

AQSHda benzin narxi oshib borayotgan bir paytda Nyu Yorkdagi do‘konlardan birida noodatiy aksiya yo‘lga qo‘yildi.

Batafsil — https://daryo.uz/tDvGbUyvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
😁 1
1 93
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 13:55
Qirg‘izistonda xorijliklarga surrogat onalikdan foydalanish cheklanishi mumkin

Bundan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda surrogat onalikdan tijorat maqsadida foydalanishni cheklash maqsad qilinmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/uNwV08sDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
1
1 100
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 13:20
Bolgariyada o‘q-dori zavodi portlab ketdi (video)

Hodisaga yuk mashinasining yonib ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Buning ortidan omborda o‘q-dorilar portlab ikkilamchi yong‘in kelib chiqqan.

Batafsil — https://daryo.uz/URxbBUsvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
🤯 1
101
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 12:40
Rossiyada harbiylar qabrini suratga olganlar qo‘lga olinmoqda

Ayrim shaxslarga Ukraina maxsus xizmatlariga ishlashda ayblanib, ularga nisbatan davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy ishlar ochilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/ISHRo8sDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
👍 1
2 105
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 11:10
Britaniyaning harbiy dronlaridagi kameralar Xitoyga ma’lumot uzatgani aniqlandi

Dronlarni ishlab chiqarishda Xitoy komponentlaridan foydalangan bo‘lib, ular ma’lumotlarni yashirin ravishda Pekinga uzatib turgani aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/gYcfD8sDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
2 111
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 10:22
Ukraina dronlari Tataristonga hujum qildi, 13 kishi halok bo‘ldi (video)

Respublikada motam e’lon qilindi. Rasmiylar turar joy ham hujumga uchraganini bildirdi. Ukraina esa neftni qayta ishlash zavodi nishonga olinganini ta’kidlamoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/wNFvK8svR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
1 120
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 08:40
Eronda Xavfsizlik kengashi rahbari o‘zgardi. Bu nimani anglatadi?

Xomanaiyning maslahatchisi endilikda kengashni boshqaradi. Mazkur idora AQSHga nisbatan siyosatni belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Kengash rahbarini rasman prezident tayinlasa-da, amalda bu lavozimni kim egallashini oliy rahnamo hal qiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/YJ6cWUsDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
2 111
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 08:05
Armaniston sobiq bosh vazirining o‘g‘li hibsga olindi (video)

U rashk tufayli odam o‘ldirishga buyurtma berganlikda ayblanmoqda. Argam Abramyan jinoyat uchun moliyaviy qaram bo‘lgan qo‘riqchisidan foydalangan.

Batafsil — https://daryo.uz/RIaQqysDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
2 104
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 07:10
Misr ham “Makka” qo‘shma mudofaa paktiga qo‘shiladi

Unga a’zo davlatga qilingan hujum barcha uchun birdek tajovuz deb baholanadi. Erdo‘g‘on alyans ko‘lamini kengaytirish tarafdori.

Batafsil — https://daryo.uz/q1NYuyyvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
2 106
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 06:11
Qozog‘iston o‘zbekistonlik blogerni xalqaro qidiruvga berdi

U haqdagi ma’lumot uchun mukofot va anonimlik va’da qilindi. Mahmud Hikmatov qozog‘istonlik blogerlarni kazino reklamalariga jalb etishda ayblanmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/zFFw9ssvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
104
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 05:33
Erkak 9 ming metr balandlikda samolyot eshigini ochishga urindi (video)

Samolyot Malayziyadan Hindistonga uchayotgan bo‘lgan. Erkak o‘z harakatlarini “shunday qilgisi kelgani” bilan izohladi.

Batafsil — https://daryo.uz/In5JUsyvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
104
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 04:58
Dubay dunyodagi eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchidan birini ekstraditsiya qildi

AQSH u haqdagi ma’lumot uchun 5 mln dollargacha mukofot va’da qilgan. Daniel Kinaxan boshqargan guruh noqonuniy faoliyatdan 1 mlrd yevrodan ortiq daromad topgan.

Batafsil — https://daryo.uz/DrTIEsyvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
1
1 105
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 04:51
Yevropaning quriyotgan daryolari — foto

Yevropa iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan daryolarning suv sathi keskin pasaymoqda. Ayniqsa, Reyn va Dunay daryolari qurg‘oqchilikdan jiddiy zarar ko‘ryapti. Reyn olti davlat, Dunay esa o‘nta davlat hududidan oqib o‘tadi. Ushbu ikki daryoning 2025-yilda kosmosdan olingan suratlari hozirgi holati bilan taqqoslandi.

Batafsil — https://daryo.uz/mLrSsyyvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
1 102
avatar
Daryo | Dunyo
@daryo_world
вчера, 03:51
Trampning golf klubi ustidan uchayotgan samolyotlar tutib olindi

Uchoqlarni tutish uchun F-16 qiruvchilari jalb etildi. Tramp hodisa vaqti golf klubida bo‘lgani aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/10LKByyDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
1
106

Daryo | Dunyo

448
“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali.

Rasmiy – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Tezkor xabarlar – @daryo_live
Sport – @daryo_sport24
Открыть в Telegram