* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
@bviib
09.08.2026 10:02
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i rahbarligida fuqarolar muammolariga manzilli yechim topish va qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida o‘tkazilgan navbatdagi shaxsiy qabulda 50 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi.

​Bu galgi muloqot jarayonida o‘rtaga tashlangan masalalarning aksariyati turli ko‘rinishdagi firibgarlik, mol-mulk va oldi-sotdi munosabatlari, uy-joy va qarzni undirish kabi ijtimoiy-huquqiy masalalarni qamrab oldi. Shuningdek, oilaviy nizolar, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish hamda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomiga doir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tizimga ishga kirish istagini bildirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, avvalgi qabullarda muammosi ijobiy hal etilgan fuqarolarning minnatdorchiligi ham tinglandi.

​Barcha holatlar bo‘yicha fuqarolarga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy tushuntirishlar berildi. Zudlik bilan hal etish imkoni bo‘lgan masalalar joyida ijobiy yechim topdi, qo‘shimcha huquqiy o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha esa mas'ul xodimlarga aniq vazifalar belgilanib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|YouTube
9 3.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

BUXORO IIB | Rasmiy kanal

195.3K
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Открыть в Telegram