Tarixdan saboq, kelajakka ishonch — uch avlod bir davrada
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
📚 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxonasida bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi, harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida faxriylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, Vatanga xizmat yo‘lidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga
Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, mardlik va jasorat kabi yuksak fazilatlarning ahamiyati haqida so‘zlab berdilar.
Shuningdek, yoshlar va harbiy xizmatchilar bilan Vatan himoyasi, milliy qadriyatlar, ajdodlar merosi hamda mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlar xususida mazmunli fikr almashildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegramm Instagramm*
Facebook* You tube