avatar
Otabek Muhammadzohid
@OtabekMuhammadzohid
01.06.2026 18:45
Bugun men uchun ham, ko‘pchilik muxlislar uchun ham quvonchli kun bo‘ldi. Ustozim, akam — Otabek Muhammadzohid bugun Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘ldilar.
Bu yangilikni eshitib, qalbim g‘urur va faxrga to‘ldi. Yillar davomida u kishining ijodini kuzatib, orzu qilib kelgan edim — mana bugun o‘sha orzu ro‘yobini ko‘rdik.
Har yili Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadigan farmonni intiqlik bilan kutardim. Bugun esa o‘sha quvonchni yaqin insonim orqali his qildim.
Kelgusida ham yurtimiz san’ati yanada yuksalib, O‘zbekiston xalq artisti, hatto O‘zbekiston Qahramoni unvonlarini olayotgan ijodkorlar safida bo‘lish nasib etsin.

Xurmat bilan Nodiriy
👍 153
32
👏 27
🔥 14
5
16 4.2K
avatar
Otabek Muhammadzohid
@OtabekMuhammadzohid
28.05.2026 15:12
Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risidagi farmonni imzoladi, unga ko'ra xonanda (Otabek Mamazoitov) Otabek Muhammadzohid
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

@OtabekMuhammadzohid
👏 186
👍 60
32
11
🔥 10
31 6.1K
avatar
Otabek Muhammadzohid
Переслано от Xushnudbek.uz
28.05.2026 14:57
Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan


G'iyos Baytoyev - xonanda
Rustamjan Gaipov - xonanda
Matyoqub Matchanov - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi
Uchqun Tillayev - IIV madaniyat saroyi badiiy rahbari
Abdurahmon Xoltadjiyev - «Maqom» ansambli artist-sozandasi
Ra’no Yarashova - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
 
«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan


Muhammad Eshboyev - Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan


Mavzur Maxmudov - Milliy rassomlik va dizayn institutining teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti
 
«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan


Hikmatulla Fayzullayev - Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining rassomlik bo‘limi o‘qituvchisi, naqqosh
 
«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan


Sharipa Salimova - shoira
 
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan


Otabek Mamazoitov - xonanda
Tolib Muminov - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Masuda Otajanova - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti
Xurshid Rasulov - xonanda
Ilmira Raximdjanova - «Art house Hamsa» xususiy teatri rahbari
Munisaxon Rizayeva - xonanda
Asqar Xolmuminov - O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyori 


👉 @xushnudbek 👈
👍 72
27
👏 14
28 5.5K
avatar
Otabek Muhammadzohid
@OtabekMuhammadzohid
23.03.2026 15:03
Assalomu alaykum, aziz kuzatuvchilar!

Texnik sabablarga ko‘ra “OTABEK SHOU 2026” dasturimiz biroz kechiktirilgan edi.

Quvonch bilan ma’lum qilamizki, dasturimiz
📅 2026-yil 24-mart kuni
🕖 soat 19:00 da
Otabek Muhammadzohid Youtube kanalida rasman taqdim etiladi!

Barchangizni ushbu premyerani birgalikda tomosha qilishga taklif qilamiz!

E’tiboringiz va sabringiz uchun rahmat 🙏

Hurmat bilan,
Otabek Muhammadzohid jamoasi!
👍 72
35
🔥 5
9 15.8K
avatar
Otabek Muhammadzohid
@OtabekMuhammadzohid
01.03.2026 05:21
🌸 BAHORNING ILK KUNI MUBORAK! 🌸

Bugun bahorning birinchi kuni munosabati bilan,
xonanda Otabek Muhammadzohid o‘z ustozi — O‘zbekiston bulbuli, akademik Tavakkal Qodirov ijro qilgan mashhur “Fasli Navbahor” taronasini jonli ijroda, orkestr jo‘rligida kuyladi.
Ushbu qo‘shiq bahor nafasi, yangilanish va muhabbat timsolidir 🌿
Jonli ijro orqali qalblarga iliqlik ulashamiz.
Marhamat, bahorni musiqa bilan qarshi oling! 🎶

OTABEK MUHAMMADZOHID "FASLI NAVBAHOR"

@OtabekMuhammadzohid
YouTube
Otabek Muhammadzohid - Fasli navbahor (consert version)
Официальный сайт: http://otabek.uz/ Подпишись на канал http://bit.ly/otabekmuhammadzohid Одноклассники https://ok.ru/otabekshou Twitter https://twitter.com/otabekshou
32
👍 14
🔥 11
47 19.3K
avatar
Otabek Muhammadzohid
@OtabekMuhammadzohid
11.02.2026 14:52
"Ey chehrasi tobonim"
ijro etadi Ixtisoslashtirilgan maqom-maktab internat 11-sinf o'quvchisi Mamazoitov Muhammadmabrur

@OtabekMuhammadzohid
👍 81
🔥 24
22
👏 7
6
30 17.5K

Otabek Muhammadzohid

8K
Otabek Muhammadzohid Telegram kanaliga xush kelibsiz!

• www.otabek.uz

• instagram*.com/otabek.muhammadzohid

• youtube.com/c/OtabekMuhammadzohid

Bog'lanish: @NodirKhanNuriddinov

📱 +998937367777
+99898 5753344
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram