avatar
Buxoro tumani hokimligi
@Buxorotuman_offical
19.03.2026 11:21
Buxoro tumani: Tashabbusli byudjet bilan qurilgan sport zali o‘quvchilarga xizmat qilmoqda

Buxoro tumani Dehcha MFY, Sarxang qishlog‘idagi 39-umumiy ta’lim maktabida tashabbusli byudjet asosida qurilgan zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi.

Mazkur qurilish ishlari “Buxara Star Building” MCHJ tomonidan amalga oshirilib, uning qiymati 1 mlrd 500 mln so‘mni tashkil etadi. Sport zal yuqori sifatli jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi.

Sport zalning ishga tushirilishi o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini zamonaviy sharoitda olib borish va ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, tashabbusli byudjet orqali barpo etilgan ushbu oby’ekt hududdagi yoshlar va maktab jamoasi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, mahallaning ijtimoiy hayotiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.

@Buxorotuman_offical
34 3.1K

Buxoro tumani hokimligi

6K
Buxoro tuman hokimligining rasmiy telegram kanali.

Mazkur kanal orqali Buxoro tumani hayoti bilan bog‘liq muhim yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Murojaat yuborish uchun: https://t.me/Qosimov74
Открыть в Telegram