#Xalqaro_hamkorlik
#Germaniya_Buxoro
Germaniyaning Lyubek universiteti delegatsiyasi Buxoro davlat tibbiyot institutida
Bugun, 10-avgust kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Germaniyaning Lyubek universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan Lyubek universitetining jarrohlik yo‘nalishi mutaxassislari
Hryhoriy Lapshyn va professor
Ulrich Friedrich Wellner, shuningdek, tibbiyot talabalari
Maxim Riedesser hamda
Linus Keck o‘rin olgan.
Tashrif davomida xorijiy mehmonlar institut rahbariyati, tegishli kafedralar va klinik bo‘limlar faoliyati bilan tanishdi. Tomonlar akademik almashinuv, klinik amaliyot, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligi hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Institut rektori bilan uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘rtasida
hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat doirasida
jarrohlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar va dissertatsiya himoyalarida hamkorlik qilish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Xorijiy mehmonlar institutning
muzeyi, Axborot-resurs markazi, Simulyatsiya markazi va klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga ta’lim jarayoni, klinik amaliyot hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Mehmonlar institutda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim va klinik jarayonlarni tashkil etish darajasiga yuqori baho berdi.
Shuningdek, Germaniya delegatsiyasi a’zolari institut muzeyining
Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilak va taassurotlarini yozib qoldirdi.
Mazkur tashrif Buxoro davlat tibbiyot instituti va Lyubek universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, tibbiy ta’lim, jarrohlik, ilmiy tadqiqotlar va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Telegram Facebook*
You tube www.bsmi.uz